3-aprel kuni soat tahminan 17:00 larda Qozogʻiston Respublikasi, Aktobe viloyati, Algin tumanidan oʻtgan Respublika ahamiyatiga ega “Samara-Shыmkent” avtomobil yoʻlining 678 km.da “Toyota-Alhpard” rusumli hamda “Volvo” rusumli yuk avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Yoʻl-transport hodisasi natijasida, “Toyota-Alhpard” rusumli avtomobilida boʻlgan jami 8 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali Vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini oʻtkazish boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Favqudodda vaziyatlar vazirligi masʼullari Qozogʻistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini oʻrganish boʻyicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!