Jamiyat

Yurtimizga noqonuniy tovarlar olib kirilishining oldi olindi

Yurtimizga noqonuniy tovarlar olib kirilishining oldi olindi
xr:d:DAGAtCs9D_s:321,j:6418053162984242088,t:24040308

O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona postiga xorijdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, umumiy qiymati 876 mln. so‘mni tashkil etuvchi 8,5 tonna og‘irlikdagi qurilishda foydalaniladigan xom-ashyolar yuk-kuzatuv hujjatlarida umuman qayd etilmaganligi fosh bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.