Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlim tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida “S.i.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar, Andijon shahridagi 23 ta ijtimoiy soha obyektining qozonxonalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 752,5 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!