Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra, Milliy gvardiya bilan birgalikda tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari va xodimlarining tunu-kun qo‘riqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rilishi belgilangan. Ammo, monitoringda Milliy gvardiya bilan hushyorxonani qo‘riqlash bo‘yicha shartnoma tuzilmagani hamda bemorlar va xodimlar xavfsizligi ta’minlanmagani aniqlandi.
Ombudsman mintaqaviy vakili tomonidan monitoring tashrifida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Monitoring yakunida tibbiyot punkti xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga Ombudsmanning inson huquqlarini ta’minlashga oid faoliyat yo‘nalishlari hamda tibbiyot punktiga olib kelinadigan shaxslarga nisbatan qo‘pol yoki bosim o‘tkazmagan holda munosabatda bo‘lish kerakligi borasida tushuntirishlar berildi.


