Jinoyat

Amerika Qo‘shma Shtatlariga noqonuniy yo‘llar bilan yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Amerika Qo‘shma Shtatlariga noqonuniy yo‘llar bilan yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Marhamat tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs Asaka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 19 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, 15 ming AQSH dollaridan 6 ming AQSH dollarini olgan vaqtida mazkur noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan, Marhamat tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro ham qo‘lga olindi.

DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs Nurota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Meksika orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 14 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahrida yashovchi, 1998 y.t. shaxs 15 ming AQSH dollari evaziga Sardoba tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni vaʼda qilib, oldindan 12 ming AQSH dollari va 6 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi, 1990 y.t. ayol Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga viza va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, uni “Turkiya-Nikaragua-Meksika” yo‘nalishi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 16 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 9 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.