Isroil hukumati Eron tahdidi tufayli dunyo bo‘ylab 28 ta diplomatik vakolatxona faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda ‘Sky news Arabiya» telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Eron Damashqdagi konsulligiga hujumga javob berish tahdidi ortidan 28 diplomatik vakolatxona yopilgan. Kecha, 4-aprel kuni «Kan» radiosining xabar berishicha, Eronning Damashqda Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumga kutilayotgan javobiga «misli ko‘rilmagan tayyorgarlik» olib borilmoqda. Shu boisdan Isroil Tashqi ishlar vazirligi xavfsizlik rasmiylari bilan maslahatlashgan holda dunyo bo‘ylab bir qator elchixonalarini evakuatsiya qilishga qaror qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!