Yangiliklar

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklardan o‘zlari bilan isiriq olmaslik so’ralmoqda

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklardan o‘zlari bilan isiriq olmaslik so’ralmoqda

Uzbekistan Airways Rossiya Federatsiyasi shaharlariga jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilardan o‘zlari bilan isiriq olmaslikni so‘radi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko’ra, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining Farmoni bilan harmala (isiriq) o‘simligi Rossiyada giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Isiriqni mamlakatga olib kirish bilan bog‘liq barcha harakatlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sizdan ushbu turdagi o‘simlikni qo‘l yukingizda va bagajda olib o‘tmasligingizni so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda.