Bugun, 5-aprel kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan korxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 12:30 da Sergeli tumanining Xonabod ko‘chasida joylashgan korxona hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVB ogohlantirilgan.
Shundan so’ng, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:34 da yetib borib, yong‘in soat 12:41 da o‘rab olingan va soat 12:43 da yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida 20 kvadrat metr ochiq maydonda qurilish chiqindilari yongan. Hodisa natijasida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!