Jahon

BMT: Xalqaro insonparvarlik qonunlari lattaga aylanib ketdi

BMT: Xalqaro insonparvarlik qonunlari lattaga aylanib ketdi
xr:d:DAGAtCs9D_s:444,j:2192551103320337739,t:24040604

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish, Isroilning hujumlarida sun’iy aqldan foydalangani haqidagi xabardan chuqur xavotirda ekanligini bildirdi. Guterrish BMT binosida matbuotga bayonot berdi.

Bosh kotib, Isroilning “harbiy kampaniyasi” 6 oydan beri G’azodagi Falastin xalqiga “o’lim va halokat” olib kelayotganiga e’tibor qaratdi va 32 mingdan ortiq tinch aholi halok bo’lganiga, 75 mingdan ortiq odam jarohatlanganiga urg’u berdi.

 “Hayotlar barbod bo‘ldi, xalqaro insonparvarlik qonunlari lattaga aylanib ketdi”, dedi BMT rahbari.

Qayd etilishicha, G’azoda aholining yarmi, ya’ni 1 milliondan ortiq kishi qattiq ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Bolalar oziq-ovqat va suv etishmasligidan o’lmoqda.

Shuningdek, BMT Bosh kotibi Falastin xalqining ommaviy jazolanishini qoraladi va Isroilning hujumlarida sun’iy aqldan foydalanayotgani haqidagi xabardan chuqur xavotir bildirdi.

“Tezligi, koʻlami va gʻayriinsoniy shafqatsizligi bilan Gʻazodagi urush eng halokatli mojarolardan biriga aylandi. Bunga tinch aholi, gumanitar soha xodimlari, jurnalistlar, tibbiyot xodimlari va hamkasblarimiz kiradi. 196 nafar yordam xodimi halok bo‘ldi, ulardan 175 nafari bizning BMT xodimlarimiz”, dedi Guterrish.

Halok bo’lgan yordam xodimlarining ko’pchiligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam va Ishlar Agentligi (UNRWA) xodimlari ekanligini qayd etib, UNRWAning G’azodagi yordam ishlarining tayanchi ekanligini ta’kidladi.

BMTning mustaqil tergovdagi roli haqida u Isroil hukumatining roziligi zarurligini va bu faqat World Central Kitchen (WCK) ishchilarining o’ldirilishi bilan bog’liq emasligini ta’kidladi.

“G’azoda 196 nafar yordam xodimlarimiz halok bo’ldi. Biz ularning har biri nima uchun o‘ldirilganini bilmoqchimiz”, dedi u