Jinoyat

Giyohvand modda savdosiga aralashgani Ichki ishlar xodimi qamoqqa olindi

Giyohvand modda savdosiga aralashgani Ichki ishlar xodimi qamoqqa olindi
xr:d:DAGAtCs9D_s:451,j:6701780238948612784,t:24040606

Angren shahar IIB JQB xodimi giyohvand modda savdosiga aralashgani uchun qamoqqa olindi.

Surishtiruvlar natijasida jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi giyohvand moddani sherigi bilan sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, xodim va uning sherigi qamoqqa olingan.

2024-yil 3-mart IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Angren shahrida “Qoradori-24” tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbirda Angren shahar IIB TQH jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili R.Yu. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt mashinasi ko‘zdan kechirilganda 4 dona qog‘oz o‘ramda bo‘lgan giyohvand moddaga o‘xshash saqichsimon modda topilgan.

2024-yil 4-aprel kuni o‘tkazilgan sud-kimyoviy ekspertizasi xulosasida ushbu modda gashish giyohvand moddasi ekani aniqlangan.

Holat yuzasidan R.Yu. va fuqaro Sh.J.ga nisbatan Angren shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi, 3 qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor xodim va uning sherigiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.