Xavfsizlik kuchlari bir necha yosh falastinlikni qattiq kaltaklagan. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Isroil politsiyasi bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi yaqinida muborak Qadr (Qadr kechasi) kechasida namoz o‘qiyotgan falastinliklarga qarshi kuch ishlatgan.
Guvohlarning aytishicha, xufton va taroveh namozi (muqaddas Ramazon oyida o‘qiladigan namoz) tugashi bilanoq Isroil politsiyasi bir necha yosh falastinlikni kaltaklagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Quddus islomiy vaqf boshqarmasi bu yil Qadr kechasi Ramazon oyining 27-kuni, ya’ni 5-apreldan 6-aprelga o‘tar kechasig to‘g‘ri kelgani haqida xabar bergan edi.
Islomning uchinchi ziyoratgohi Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidida Qadr kechasi munosabati bilan 200 ming musulmon namoz o‘qish uchun yig‘ildi.
Isroil politsiyasi Ramazonning oxirgi juma kuni Sharqiy Quddusga 3600 nafar xavfsizlik kuchlari yuborilishini ma’lum qildi.
Isroilning cheklovlari va taqiqlari tufayli bosib olingan G‘arbiy Sohildagi minglab falastinlik dindorlar Sharqiy Quddusdagi islomiy ziyoratgohga kira olmadi.
Ma’lumot uchun, Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohil 1967-yildan beri Isroil ishg‘oli ostida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!