Jahon

Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini joriy qildi

Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini joriy qildi
xr:d:DAGAtCs9D_s:469,j:603906363509966994,t:24040611

Tojikiston fuqarolari endi Turkiyaga vizasiz kira olmaydi. Tegishli farmon prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan imzolandi va «Resmi Gazete» nashrida  eʼlon qilindi.

Tegishli farmonga ko’ra, Tojikiston fuqarolarining Turkiyaga umumiy fuqarolik pasporti orqali kirishi bo‘yicha vizasiz rejim bekor qilindi.

Ilgari Tojikiston fuqarolari Turkiyaga sayohat maqsadi turizm bo‘lsa va qolish muddati 90 kundan oshmasa, vizasiz borishi mumkin edi.

Aprel oyi boshida Istanbulda Tojikiston fuqarosi va Qirg‘iziston fuqarosi terrorchilik aktini tayyorlashda gumonlanib qo‘lga olingan edi.