Yaponiya Savdo vazirligi Rossiyaga yetkazib berilishi taqiqlanadigan yangi toifadagi sanoat tovarlari roʻyxatini eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Sanksiyalar qatoriga litiy-ionli akkumulyatorlar, gaz quvurlari, avtomobillar uchun motor moylari, termostatlar va yog‘ochni qayta ishlash mashinalari kiradi. Bularning barchasini 17-apreldan boshlab Rossiyaga yetkazib berish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, Yaponiya 10-maydan boshlab Rossiya olmoslarini olib kirishni taqiqlaydi. Bu qaror G7 mamlakatlari tomonidan dekabr oyida qabul qilingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!