Yangiliklar

Oʻzbekistonning qaysi hududida qancha qoʻy va echki borligi maʼlum qilindi

Oʻzbekistonning qaysi hududida qancha qoʻy va echki borligi maʼlum qilindi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga, respublikamizda boqilayotgan jami qoʻy va echkilar soni 24,1 milliontaga yetgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga koʻp.

Hududlar kesimida qoʻy va echkilar soni:

  • Qashqadaryo viloyati – 5 027,4 ming bosh 
  • Samarqand viloyati – 2 659,5 ming bosh
  • Surxondaryo viloyati – 2 582,3 ming bosh
  • Buxoro viloyati – 2 501,9 ming bosh
  • Navoiy viloyati – 2 427,4 ming bosh
  • Jizzax viloyati – 2 347,1 ming bosh
  • Andijon viloyati – 1 554,1 ming bosh
  • Qoraqalpogʻiston R. – 1 240,8 ming bosh
  • Toshkent viloyati – 1 101,3 ming bosh
  • Fargʻona viloyati – 933,0 ming bosh
  • Namangan viloyati – 852,1 ming bosh
  • Xorazm viloyati – 497,2 ming bosh
  • Sirdaryo viloyati – 394,2 ming bosh