Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.G.” MCHJ rahbari D.B. tumandagi “Qoʻralos” qishlogʻida joylashgan Samarqand viloyat “Kichik sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyasi” balansida boʻlgan bino-inshootni ijaraga olib, oʻziga ishonib topshirilgan umumiy bahosi 1,3 mlrd soʻmlik mulkni buzib, qurilish materiallarini sotib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!