Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenkoni tugʻilgan kuni bilan bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenkoni tugʻilgan kuni bilan bilan tabrikladi

7-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga ikki mamlakat parlamentlari faol hissa qoʻshayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muloqot yakunida parlamentlararo hamkorlikni, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida yanada rivojlantirish muhim ekani taʼkidlandi.