“Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim boʻyicha talabgorlarga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi:
- Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablagʻlar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln soʻmgacha kredit ajratish;
Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar boʻladi.
- talabgorlarga mini-texnika, urugʻ va koʻchat xaridiga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan 5 million soʻmdan subsidiya, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan – 33 mln soʻmgacha kredit ajratish;
- joylardagi 167 ta “Agromarkazlar” orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urugʻ, koʻchat yetkazish, mineral oʻgʻit berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!