Bugun Arnasoy tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari ellik uchunchi sessiyasi oʻtkazildi. Sessiyada viloyat hokimi Ergash Saliyev, tuman deputatlari, tuman hokimi yordamchilari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Tashkiliy masalada viloyat hokimi Ergash Saliyev Arnasoy tumani hokimi lavozimiga Musanov Odil Olimovich nomzodini tavsiya qildi.
Deputatlar nomzodni bir ovozdan maʼqullashdi. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Musanov Odil Olimovich Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi boʻlib faoliyat olib borayotgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!