Oʻzbekistonda dollar kursi pasaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,20 soʻmga pasayib, 9-apreldan boshlab 12 675,88 soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, yevro kursi 23,92 soʻmga pasayib, seshanbadan 13 725,44 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,26 soʻmga pasayib, 9-apreldan rublning rasmiy kursi 136,97 soʻmni tashkil etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!