Jamiyat

O’zbekistonda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi qancha?

O’zbekistonda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi qancha?
xr:d:DAGAtCs9D_s:494,j:6392157963639731145,t:24040805

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy axborot manbasiga ko’ra, hozirgi kunda O‘zbekiston hududida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori  1 050 000 so‘m etib belgilangan. Bundan tashqari:

  •  bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;
  • yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so‘m;
  • nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so‘m;
  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so‘mdan) 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 621 000 so‘m;

Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 621 000 so‘mni tashkil qiladi.