Jahon

Samarada YTH ga uchragan avtobusda o’zbekistonliklar borligi ma’lum bo’ldi

Samarada YTH ga uchragan avtobusda o’zbekistonliklar borligi ma’lum bo’ldi
xr:d:DAGAtCs9D_s:489,j:7600248562095838097,t:24040804

Rossiyadagi Samara viloyatining Kinelskiy tumanida avtobus Ural-Muxanovo trassasidan chiqib ketib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda IIV viloyat bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, mahalliy nashrlar xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avtohalokat oqibatida avtobusning ikki yo‘lovchisi halok bo‘lgan, qolgan o‘n nafar yo‘lovchi jiddiy jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
«Avtobus haydovchisi Ural-Muxanovo avtomobil yo‘lining 26-kilometrida harakatlanar ekan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlamaydigan tezlikni tanlagan va bu transport vositasining yo‘ldan chiqib ketishiga, keyin esa ag‘darilib ketishiga olib kelgan», deyiladi xabarda.
Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi ushbu avtomobil Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tganini ma’lum qildi. Avtobus Nijniy Novgorodga O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan bo‘lgan.