Yangiliklar

Toshkentda 10-aprel kuni soat 04:00 dan 10:00 gacha avtobuslar bepul xizmat koʻrsatadi

Toshkentda 10-aprel kuni soat 04:00 dan 10:00 gacha avtobuslar bepul xizmat koʻrsatadi

Fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik yaratish, yoʻllarda paydo boʻladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida, 10-aprel Ramazon hayiti kuni “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus va elektrobuslar soat 04:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.

“Poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan bayram kunlari oʻz manzillariga yetib olishda jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishni soʻrab qolamiz”, – deyiladi xabarda.