Ramazon Hayiti ayyomi kuni — 10-aprelda metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, yaʼni soat 04:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlarida (11,12,14-aprel) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda va 13-aprel sanasida esa, odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.
Shuningdek, shu kuni poytaxt avtobuslari soat 4:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi. Bayram kunlari “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yoʻnalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- 10-aprel, chorshanba – Ramazon hayiti kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yoʻnalishlarda ish boshlash vaqti soat 4:00 dan;
- 11-aprel payshanba – qoʻshimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 12-aprel, juma – qoʻshimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 13-aprel, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
- 14-aprel, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!