Yangiliklar

Rasul Kusherbayev “Toshkentga viloyatdan keluvchilarning kirishi cheklanishi mumkinmi?”

Rasul Kusherbayev “Toshkentga viloyatdan keluvchilarning kirishi cheklanishi mumkinmi?”

Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Toshkent shahar IIBB fohishalik bilan shugʻullanganlarning foizini koʻrsatishda aksari viloyatlardan kelganiga urgʻu bergani xususida fikr bildirdi. 

“Toshkent shahar IIBB fohishalik bilan shugʻullanganlarning foizini koʻrsatishda aksari viloyatlardan kelganiga urgʻu bermoqda. Xususan, shu yilning uch oyida 1068 nafar shaxslar foxishalik uchun javobgarlikka tortilgani, shundan 92,8 foizi viloyatlardan kelganlar ekanini bildirgan.

IIBBning bu ishi eʼtirozlarni paydo qilmoqda. Masalan jamoat faoli Najmiddinbek Ermatov yozmoqda:

”Bunda Toshkent hissasiga 7.2 foiz, qolgan foizni 13 ga boʻlsa, 7.1 chiqadi. Baribir Toshkent sal boʻlsada koʻproq chiqyaptiku. 13 ta hududni bitta qilib statistikada ustunlik yasashdan muddao nima?“, deydi u.

Poytaxt IIBBsining statistikada viloyatliklarga urgʻu berishi poytaxtga viloyatlardan keluvchilarning kirishini cheklash, ilgarigidek ”propiska“ rejimini qaytarishga urinish, degan xavotirlar paydo qilmoqda.

Bu xavotirlar qanchalik asosli ekanligini vaqt koʻrsatadi. Biroq davlat idoralari ishlarni tasniflashda barcha hududlarni bir tomon, poytaxtni bir tomon qilib ajratishi notoʻgʻri”, – deb yozadi Rasul Kusherbayev.