Muzaffar Aripov Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
M. Aripov 1985-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2010-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Piskent tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Yakubov oʻz arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Bugun shu munosabat bilan Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.
Yigʻilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!