Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga 16,9 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,5 ming nafarga yoki 3,1 barobarga oshgan.
Oʻzbekistonga 2024-yilning dastlabki 2 oyida eng koʻp quyidagi davlatlarning fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan:
- Turkmaniston – 12 013 nafar;
- Tojikiston – 2 937 nafar;
- Afgʻoniston – 582 nafar;
- Xitoy – 260 nafar;
- Turkiya – 243 nafar;
- Hindiston –167 nafar;
- Janubiy Koreya – 133 nafar;
- Qirgʻiz Res. – 101 nafar;
- Eron – 65 nafar nafar;
- AQSH – 61 nafar;
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!