Ma’lum qilinishicha, bu ogohlantirish bir qancha arab davlatlari orqali Jo Bayden administratsiyasiga yetkazilgan. Eronliklar Damashqda eronlik generalning o‘limiga sabab bo‘lgan Isroil zarbasi uchun AQSH mas’ul, deb bilishmoqda.

AQSH razvedkasiga ko‘ra, Eron AQSH qo‘shinlari Isroilning qarshi hujumlariga qo‘shilsagina ularga hujum qiladi.

Shu bilan birga, Eron turli diplomatik kanallar orqali, jumladan, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan va uning Buyuk Britaniya, Germaniya va Avstraliyadagi hamkasblari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida qarama-qarshi bayonotlar yuborgan.
Muzokaralar haqida ma’lumot bergan amerikalik mulozimga ko‘ra, Eronning pozitsiyasi ancha vazmin va Tehron mintaqadagi keskinlashuvga yo‘l qo‘ymaslik uchun Isroilga “cheklangan” javob berishni xohlaydi.