Qayd etilishicha, M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yzlining Sharof Rashidov tumani So‘loqli mahallasi hududidan o‘tgan qismida “Yotong” avtobusi “HOWO” yuk mashinasining orqasidan urilgan.
Oqibatda avtobusda bo‘lgan Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli hamda Mo‘ynoq tumanida yashagan 2 nafar fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Bundan tashqari, Nukus shahri va Taxiatosh tumanida yashovchi 3 kishi hamda 1 nafar fransiyalik fuqaro turli darajada jarohatlar olgan.