Hodisa

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

O’zgidromet 15-17 aprel kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9…+14 daraja, kunduzi 15-16 aprelda +23…+28 daraja, 17 aprelda +25…+30 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 aprelda kechasi +8…+13 daraja, kunduzi +20…+25 daraja, 16-aprelda kechasi +8…+13 daraja, kunduzi +22…+27 daraja, 17-aprelda kechasi +9…+14 daraja, kunduzi +24…+29 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16-17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 aprelda kechasi +8…+13 daraja, kunduzi +15…+20 daraja, 16 aprelda kechasi +8…+13 daraja, kunduzi +17…+22 daraja, 17 aprelda kechasi +6…+11 daraja, kunduzi +20…+25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16-17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8…+13 daraja, kunduzi 15 aprelda +17…+22 daraja, 16-aprelda +20…+25 daraja, 17-aprelda +23…+28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 aprelda kechasi +8…+13 daraja, kunduzi +17…+22 daraja, 16 aprelda kechasi +8…+13 daraja, kunduzi +15…+20 daraja, 17-aprelda kechasi +6…+11 daraja, kunduzi +18…+23 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 15-aprelda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-aprelda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3…+8 daraja, kunduzi +7…+12 daraja bo‘ladi.