Yangiliklar

2023-yilda eng koʻp baliq Xorazm viloyatida ovlangan

2023-yilda eng koʻp baliq Xorazm viloyatida ovlangan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yilda 198,9 ming tonna baliq ovlangan.

Baliq yetishtirish hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 7,3 ga oshgan. 

2023-yilda Xorazm viloyatida 30,9 ming tonna baliq ovlangan. Bu koʻrsatkich respublika boʻyicha eng yuqori ulushga ega boʻlib, jami ovlangan baliqlarning 15,6 % ni tashkil etgan. 

Hududlar kesimida 2023-yilda ovlangan baliq hajmi: 

  • Toshkent viloyati – 27,1 ming tonna 
  • Andijon viloyati – 21,7 ming tonna 
  • Samarqand viloyati – 18 ming tonna 
  • Namangan viloyati – 15,4 ming tonna  
  • Jizzax viloyati – 15,1 ming tonna  
  • Navoiy viloyati – 13,7 ming tonna
  • Fargʻona viloyati – 13,3 ming tonna 
  • Qoraqalpogʻiston R. – 11,6 ming tonna 
  • Buxoro viloyati – 11 ming tonna 
  • Sirdaryo viloyati – 9,1 ming tonna  
  • Surxondaryo viloyati – 6,9 ming tonna 
  • Qashqadaryo viloyati – 5 ming tonna