Yangiliklar

2024-yili energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq 1 858 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi

2024-yili energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq 1 858 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi

2024-yilning shu vaqtiga qadar “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan isteʼmolchilarni energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 1 ming 858 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.

Xususan, ushbu aniqlangan holatlarning 247 tasi elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash boʻyicha aniqlangan qoidabuzarlik hisoblanadi.

Maʼlumki, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, yaʼni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati boʻlmagan holda toʻliq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qoʻyish (kunning yorugʻ vaqtida chiroqlarni yoqib qoʻyish), yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanish holatlari uchun javobgarlik mavjud.

Shuni taʼkidlash joizki, bu kabi qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.