Yangiliklar

Ikki hududda gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Ikki hududda gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.O.” MCHJ masʼul shaxslari ishlab chiqarish sexidagi elektr hisoblagichga qasddan shikast yetkazib, 177,1 mln soʻmlik  elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Vobkent tuman boʻlimi tomonidan “Buxorotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. tovuqxona binosini umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga hech qanday hujjatsiz qayta ulab, 159,5 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.