Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish boʻyicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi.
Ushbu lavozimga Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Jenisbek Piyazov tayinlandi.
Jenisbek Piyazov oliy va professional taʼlim tizimida yoshlarning ijtimoiylashuvini taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba yoshlarning “Besh muhim tashabbus” doirasida sanʼat, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, ularni ushbu yoʻnalishdagi toʻgarak va klublarga faol jalb etishda maslakdosh boʻlishiga ishonch bildirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!