Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023/2024 oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan.
Umumtaʼlim muassasalari soni soʻnggi 5 yilda 660 taga oshgan.
Yillar kesimida umumtaʼlim muassasalari soni:
- 2018/2019 oʻquv yili boshiga – 9774 ta
- 2019/2020 oʻquv yili boshiga – 10090 ta
- 2020/2021 oʻquv yili boshiga – 10181 ta
- 2021/2022 oʻquv yili boshiga – 10289 ta
- 2022/2023 oʻquv yili boshiga – 10522 ta
- 2023/2024 oʻquv yili boshiga – 10750 ta
Umumtaʼlim muassasalari soni 1991/1992 oʻquv yili boshiga nisbatan 2193 taga oshgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!