Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan xayriya qilishni yanada osonlashtiruvchi hamda ishonchli bo’lishini ta’minlovchi » Inson uchun» platformasi ishga tushdi. Mazkur loyiha sog‘lomlashtirish va davolanish muolajalariga ehtiyoji bo‘lgan, lekin buning uchun yetarli mablag‘larga ega bo’lmaganlar uchun qulay maydondir.
Ya’ni, endi xayriya pullarini kerakli odamlarga yetkazish – ishonchli platformaga qo’yib beriladi.
Ma’lum bo’lishicha, “Inson uchun” – “Click Up” ilovasidagi yangi bo‘limdir. Platforma xayriya qiluvchilar va xayriyaga muhtojlar o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi. Endilikda 15 million Click foydalanuvchilari muhtojlarning kasallik tarixi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Maʼlumotlarning toʻgʻriligiga xayriya tashkilotlari ham, Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham kafolat beradi. Shuningdek, donorlar xayriya qilingan mablag‘lar qanday sarflanishi va shaffofligini ham kuzatishi mumkin bo‘ladi.
Taqdimot marosimida aytilishicha, mazkur platformada muhtojlarning ma’lumotlari profillar shaklida taqdim etiladi va batafsil tavsifni, kerakli mablag‘ miqdorini, mablag‘lar nimaga sarflanishini, shuningdek, ayni paytda qancha mablag‘ to‘planganligini bilib turish mumkin.
Shuningdek, platformada nafaqat xayr-ehson qilish, balk yordam so‘rash imkoniyati ham bor.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!