Jahon

G7 davlatlari Eronning Isroilga qilgan hujumini qoraladi

G7 davlatlari Eronning Isroilga qilgan hujumini qoraladi
xr:d:DAGAtCs9D_s:677,j:5553363258256504558,t:24041505

Kecha, 14-aprel kuni G7ning amaldagi raisi Italiyaning chaqirig‘iga binoan a’zo davlatlar rahbarlari Eronning Isroilga hujumini muhokama qilish uchun videokonferensiya o‘tkazdi.

AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada va Yaponiyani o‘z ichiga olgan G7 davlatlari Eronning Isroilga hujumini keskin tarzda qoraladi. 

“G7 yetakchilari Eronning Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va misli ko‘rilmagan hujumini keskin qoralaydi. Eron o‘z harakatlari bilan mintaqani beqarorlashtirish yo‘lida yana bir qadam tashladi, bu esa nazorat qilib bo‘lmaydigan mintaqaviy keskinliklarga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish kerak. Vaziyatni barqarorlashtirish va keskinlashuvning oldini olish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz. Shu ruhda biz Eron va uning tarafdorlaridan hujumlarini to‘xtatishni va yanada beqarorlashtiruvchi tashabbuslarga javoban qo‘shimcha choralar ko‘rishga tayyor turishini talab qilamiz”, deyiladi bayonotda.

G7 bayonotida G‘azodagi vaziyat ham ko‘rib chiqildi. G7 yetakchilari zudlik bilan va barqaror o‘t ochishni to‘xtatish hamda HAMAS garovga olganlarni ozod qilish, shuningdek, muhtoj bo‘lgan falastinliklarga ko‘proq gumanitar yordam ko‘rsatish, G‘azodagi inqirozni bartaraf etish uchun ishlashni davom ettirishiga ishontirdi.

Ma’lumot uchun, 1-aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari general darajasida edi.

Eron Isroilning konsullikka hujumi o‘z hududiga qilingan hujum ekanini va u o‘ch olishini aytdi. 14-aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.