Jahon

Ibrohim Raisi: Isroil Suriyadagi Eron konsulligiga hujum qilgani uchun jazolandi

Ibrohim Raisi: Isroil Suriyadagi Eron konsulligiga hujum qilgani uchun jazolandi
xr:d:DAGAtCs9D_s:673,j:3486211021824038088,t:24041504

Eron prezidenti Ebrohim Raisi, Islom inqilobi qo’riqchilari korpusi tomonidan amalga oshirilgan hujumda Suriyadagi Eron konsulligiga hujum qilgani uchun Isroil jazolanganini aytdi.

Inqilobiy gvardiya armiyasi qo‘mondoni Husayn Salamiy ham Eron manfaatlariga qarshi borilsa, Isroilga zarba berishlarini ta’kidladi.

Eslatib o’tamiz, 1-aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum natijasida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari general darajasida edi. Eron Isroilning konsullikka hujumi oʻz hududiga qilingan hujum ekanligini va u oʻch olishini aytdi.

O’z navbatida, Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini e’lon qildi.

14-aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.

Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to’xtatilganini aytdi, biroq bitta raketa mamlakat janubidagi harbiy bazaga tegdi.