Isroil armiyasi ham fuqarolarning yig‘ilishiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinganini e’lon qildi. Isroilda Eron hujumi tahdidi tufayli o‘tgan hafta ikki kunga yopilgan maktablar qayta ochildi.
Isroil armiyasining xabar berishicha, mahalliy vaqt bilan soat 00:00 dan boshlab Eron hujumlari tahdidi tufayli ilgari kiritilgan cheklovlar bekor qilingan. Shu nuqtai nazardan, maktablar qayta ochildi va fuqarolarning yig’ilishiga cheklovlar olib tashlandi.
Isroil armiyasi avvalroq Erondan kelayotgan hujum tahdidi sababli mamlakat bo‘ylab maktablarda 13-14 aprel kunlari dam olish kunini e’lon qilgan edi.
Eslatib o’tamiz, 1-aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum natijasida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘lgani ortidan Eron oʻch olishini aytdi. 14-aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!