Yangiliklar

“Markaziy Osiyodagi doʻstlarimizga bozorlarni ochamiz”

“Markaziy Osiyodagi doʻstlarimizga bozorlarni ochamiz”

15-aprel kuni Toshkentda “Markaziy Osiyo -Fors koʻrfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti ikkinchi uchrashuvi oʻtkazildi. Format 2022-yildan beri oʻtkaziladi va bu galgi muloqot tashqi ishlar vazirlari darajasida. 

Asosiy tadbir va undagi gaplar protokolga muvofiq yopiq eshiklar ortida boʻldi. Anjumandan keyin matbuot uchun oʻtkazilgan brifingga muloqot davomida qaysi masalalar muhokama qilingani qisman ochiqlandi. Brifingda qatnashgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyevga koʻra, dunyodagi keskinlashib borayotgan geosiyosiy jarayonlar har bir davlatga oʻz xavfini solmoqda. 

Shundan kelib chiqib, yigʻilganlar Afgʻoniston, Isroil-Falastin, Eron-Isroil masalalarini muhokama qilishgan.

Unda qatnashgan rasmiylar koʻp mavzular qatori Yaqin Sharqdagi vaziyat, Isroil-Falastin, Eron-Isroil mojarosini ham muhokamadan oʻtkazishgan. 

Fors koʻrfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibiga koʻra, strategik sheriklik xalqaro huquq normalari asosida boʻladi. Siyosiy muloqotni mustahkamlash, sogʻliqni saqlashda hamkorlik, savdo rivojini taʼminlash, taʼlim, matbuot, madaniy sheriklik – asosiy maqsadlar. Shuningdek, koʻrfaz davlatlari Markaziy Osiyo uchun oʻz bozorlarini ochishni istamoqda. 

Tashkilot bosh kotibining yordamchisi Abdel Aziz Abu Hamad Aluvaisheg soʻzlariga koʻra, Eron va Isroil notoʻgʻri yoʻlni tanladi. Ikki tomon ham siyosiy yechim izlashi kerak edi. Biroq davlatlar zoʻravonlikka murojaat qildi. Shuningdek, tashkilot rasmiysi ham Markaziy Osiyo, ham fors koʻrfazi hududi urushlardan holi ekani, asosiy muammo qoʻshnilarda ekanini qoʻshimcha qildi.