Yangiliklar

Toshkentning turli hududlarida 16-aprel kuni “svet” oʻchiriladi

Toshkentning turli hududlarida 16-aprel kuni “svet” oʻchiriladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 16-aprel kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:

  • Bektemir tumani: “Husayn Bayqaro” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Mirobod tumani: “Oq uy” MFYning ayrim hududlarida soat  10:00 dan 17:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Ahil”, “Gulzor”, “Moyariq”, “Ibrohim ota”  va “Miskin”  MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.