Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli va Qonlikoʻl tumani boʻlimlari tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan P.Q. va B.K. fuqarolar S.D. va D.B.dan jami 6 800 AQSH dollarini 85,4 mln soʻmga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, IIB va DXX xodimlari hamkorligida Qiziriq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan B.B. fuqaro N.A.ga jami 3 700 AQSH dollarini 47,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qoʻshkoʻpir tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan U.A. jami 3 200 AQSH dollarini fuqaro Sh.A.dan 40,4 mln soʻmga sotib olishga kelishib, 20,4 mln soʻmni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!