Jahon

Ukrainada frontdagi vaziyat og‘irlashib bormoqda

Ukrainada frontdagi vaziyat og‘irlashib bormoqda
xr:d:DAGAtCs9D_s:681,j:7334536913371132240,t:24041506

Ukrainada frontdagi vaziyat og‘irlashib bormoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy murojaatida ma’lum qildi.

Prezident kecha, 14-aprel kuni Ukrainaga yordam hali ham cheklangan va Rossiya hali ham raketalar uchun komponentlarga ega ekanligini bildirib murojaat qildi.

“Bunday qaynoq urush paytida frontdagi vaziyat har doim qiyin. Ayniqsa vaziyat Donetsk yo‘nalishida qiyinlashmoqda”, deydi Zelenskiy murojaatida.

Shuningdek, u bir hafta ichida Ukrainaga 130 ta Shahed dronlari, 80 dan ortiq raketalar va 700 ga yaqin boshqariladigan bombalar hujum qilganini aytdi. Shahed’larning aksariyati urib tushirilgan.

“Rossiyaga qarshi sanksiyalar hali ham chetlab o‘tilayotgani, biz Ukrainada bir necha oy davomida hayotiy yordam paketini va hali ham Kongressda ovoz berishni kutayotganimiz – terrorchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham oylar davomida oshib borayotganini ko‘rsatadi”, deydi davlat rahbari.

Prezidentning aytishicha, Dnepr va Nikopol, Pokrovsk va Donetsk viloyatining boshqa shaharlari, Xarkov viloyati, Xerson viloyati, Sumi viloyatiga yana dron va raketalar hujum qilgan. Qurbonlar va yaradorlar bor.