Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “M.E.”, “S.R.” va “I-Z.” fermer xoʻjaliklari masʼul shaxslari dala maydonlariga oʻrnatilgan suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 358,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!