Hukumat joriy yilda 5,6–5,8 foizlik iqtisodiy o‘sishni prognoz qilgan. Xalqaro moliyaviy institutlarning kutilmalari bundan biroz farq qiladi.
Jahon banki o‘tgan hafta e’lon qilgan yangi hisobotida 2024-yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi bo‘yicha o‘z prognozini yanvar oyida e’lon qilingan prognoz ko‘rsatkichdan 0,2 foiz bandga pasaytirib, 5,3 foiz deb belgiladi. Kecha, 15-aprel kuni esa Osiyo taraqqiyot banki joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,5 foizga o‘sishini taxmin qildi.