Jahon

AQSh ajratgan yordam paketi kelmasa Ukraina urushda mag’lub bo’ladi

AQSh ajratgan yordam paketi kelmasa Ukraina urushda mag’lub bo’ladi

Agar AQSH Kongressi 61 milliard dollarlik harbiy yordam paketi uchun ovoz bermasa, Ukrainaning urushda g‘alaba qozonish imkoniyati qolmaydi. Bu haqdaUkraina prezidenti Zelenskiy PBS telekanaliga bergan intervyusida ochiqladi.

Endilikda Ukraina Qurolli Kuchlari va Rossiya armiyasi o‘rtasidagi snaryadlarning nisbati 1:10 ni tashkil qilmoqda.

«Agar biz bugungi kunda nazorat ostida bo‘lgan narsalarni to‘liq himoya qilishni istasak, biz 10:10 nisbatiga o‘tishimiz kerak»,- dedi Ukraina rahbari.

Bundan tashqari, Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada o‘zi himoya qilmaydigan cheksiz inson resurslari va ko‘plab snaryadlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati Eronda ishlab chiqariladi. Eron oyiga 350 tagacha “Shahid” dronlarini Rossiya Federatsiyasiga o‘tkazmoqda.