Ma’lum qilinishicha, ayni damda Isroil harbiylari javob zarbasi sanasini aniqlagani yo‘q, chunki bu muayyan tayyorgarlikni talab qiladi. Isroil mintaqada keskinlashuvning oldini olish uchun javob zarbasining salbiy oqibatlarini “minimallashtirishga intilmoqda”.

“O‘z navbatida, javob hujumi haqidagi qaror unga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida o‘zgarishi mumkin”,  deydi anonim manbalar.

Isroil qanday zarba berishiga aniqlik kiritilmagan.

“Yadroviy inshootlar nishonga olinishi yoki dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qilinishi mumkin. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qarshi sanksiyalar yoki kiberhujum varianti ham ko‘rib chiqilmoqda”, deb yozadi The Jerusalem Post.

Eslatib o’tamiz, 1-aprel kuni Isroilning Damashqdagi Eron konsulligiga bergan aviazarbasi oqibatida eronlik generallar Muhammad Rizo Zohidiy va Muhammad Hodi hoja Rahimiy, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining besh nafar zobiti halok bo‘ldi. Eron konsulligiga uyushtirilgan hujumga javoban 14-aprelga o‘tar kechasi Isroil hududiga 300 dan ortiq dron, qanotli va ballistik va raketalar uchirdi. Isroil armiyasi ularning 99 foizi urib tushirilgani, bunga 3,5 million dollar sarflanganini da’vo qildi.