Eronning raketalar, uchuvchisiz samolyotlarni ishlab chiqish dasturlariga, shuningdek, Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi va Eron Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik qiladigan kompaniyalariga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy qilinadi. Bu haqda kecha, 16- aprel kuni Oq uy matbuot xizmati tarqatgan AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivanning yozma bayonotida so‘z boradi.
Ma’lum bo’lishicha, Eronning Isroilga hujumidan so‘ng, AQSH Prezidenti Jo Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlarining ittifoqchilari va hamkorlari, jumladan, G7 davlatlari, shuningdek, Kongressdagi har ikki partiya rahbarlari bilan birgalikda «keng qamrovli javob chorasi» ustida ishlamoqda.
«Yaqin kunlarda Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi uning raketa va uchuvchisiz uchish dasturlarini nishonga olgan, shuningdek, Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi va Eron Mudofaa vazirligini qo‘llab-quvvatlovchi kompaniyalarga qarshi yangi sanksiyalar joriy qiladi”, deyiladi bayonotda.
Sallivanning ta’kidlashicha, «yangi sanksiyalar va boshqa choralar» Eronni harbiy salohiyati va samaradorligini zaiflashtirishga qaratilgan bo‘lib, Amerika Qo‘shma Shtatlari muammoli deb hisoblagan «bir qator» harakatlarga ta’sir qiladi.
Sallivan oxirgi uch yil ichida 600 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar Eronga qarshi AQSH sanksiyalariga duchor bo‘lganini ta’kidlab, “bosim davom etishi”ni bildirdi.
“Biz butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz hamda Kongress bilan kelishilgan holda Eron hukumatini yomon niyatli va beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun javobgarlikka tortish maqsadida chora ko‘rishda ikkilanmaymiz”, deydi AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi.
Eslatib o’tamiz, 1-aprel kuni Isroilning Damashqdagi Eron konsulligiga bergan aviazarbasi sabab bo‘ldi. Diplomatik kvartalga uyushtirgan hujum oqibatida eronlik generallar Muhammad Rizo Zohidiy va Muhammad Hodi hoja Rahimiy, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining besh nafar zobiti halok bo‘ldi. Eron konsulligiga uyushtirilgan hujumga javoban 14-aprelga o‘tar kechasi Isroil hududiga 300 dan ortiq dron, qanotli va ballistik va raketalar uchirdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!