Yangiliklar

“Rinotin kids” mahsulotining ruxsatnomasi bekor qilindi

“Rinotin kids” mahsulotining ruxsatnomasi bekor qilindi

Sanepidqoʻmita mutaxassislari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi. 

Shu bilan birgalikda “CYNERGY PHARMCO” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardagi “Rad Gida Laboratuvarive Ilac Sanayi Ticaret Limited” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan  “Rinotin kids” sirop mahsulotlarini qaytarib olish topshirigʻi berilib, ijrosi nazorat ostiga olindi. 

Bugungi kun holatiga korxona tomonidan 28 ta dorixonalardan mahsulotlar qaytarib olindi. Mazkur holat yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.