Yangiliklar

Ikki hududda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Ikki hududda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.S.” MCHJ rahbari D.T. va boshqalar Yuqorichirchiq tumanida joylashgan issiqxonani tabiiy gaz tarmogʻidan qarzdorligi sababli qoʻyilgan maxsus tamgʻaga tashqi taʼsir koʻrsatib, jami 453,8 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda “A.J.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar “Oʻzbekiston” koʻchasida joylashgan savdo majmuasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻirlik yoʻli bilan ulab, jami 228,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.