Jahon

BMT: Aprel oyida 392 oziq-ovqat yuk mashinasi G’azoga kirdi

BMT: Aprel oyida 392 oziq-ovqat yuk mashinasi G’azoga kirdi

Yordam yuk mashinalari 80 mingga yaqin odamga yetarli miqdorda un va oziq-ovqat olib kelgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) xabar berishicha, aprel oyida G‘azo sektoriga 392 ta oziq-ovqat yuk mashinasi kirib kelgan.

WFPning bayonotiga ko’ra, uchta yordam kolonnasi bu hafta birinchi marta Bayt Xanun (Erez) chegara punkti orqali G’azo sektorining shimoliga kirgan.

Bu ko’rsatkich taxminan o’tgan oy G’azoga kelgan avtomobillar soniga teng, ammo yanvar oyida kelgan avtomobillarning yarmini tashkil qiladi.

«G’azoda ocharchilikning oldini olishning yagona yo’li – muntazam va uzluksiz yordam yetkazish va gumanitar sulh o’rnatish», – deya aniqlik kiritadi BMT.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) 10-mart kuni Isroil 17 yildan beri qamal qilgan G‘azo sektorida “hamma joyda ocharchilik hukm surayotganini” ma’lum qildi.

7-oktabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida 33 899 falastinlik, jumladan 14 500 bola va 9 560 ayol halok bo‘ldi, 76 664 nafari yaralandi.

Minglab qurbonlar vayronalar ostida yotibdi, biroq fuqarolik infratuzilmasi ham vayron bo’ldi: odamlar boshpana topadigan kasalxonalar va ta’lim muassasalariga zarba berildi.